Rossiyada amaldorlarga Telegram'dagi yozishmalarni o‘chirish buyurildi
Olam
−
26 avgust
4391Rossiyada davlat amaldori va barcha rasmiylarga Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda "Baza" xabar berdi.
Kanal manbalariga ko‘ra, bunday buyruq qator huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, Prezident ma’muriyati va Rossiya hukumati xodimlariga kelgan. Bundan tashqari, bunday ko‘rsatma Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali qo‘mondonlari, shuningdek, ayrim yirik tadbirkorlarga ham berilgan.
Shu bilan birga, intervyu bergan rasmiylarning ayrimlari yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma olmaganini aytdi. Biroq, ular o‘zlarining rahbarlaridan bunday ko‘rsatmalarni 26-27 avgust kunlari olishi mumkinligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, bunday qaror qabul qilinishiga Fransiyada Telegram asoschisi, asli rossiyalik Pavel Durovning hibsga olinishi sabab bo‘lmoqda. Pavel Durovga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgan. Bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi mamlakat hukumatidan Pavel Durov ishi bo‘yicha tushuntirish berishni talab qilgan, shuningdek, uning huquqlarini himoya qilishni, konsullikka bu borada tegishli huquq berishni ham so‘ragandi.
LiveBarchasi