Rossiyada Aleksey xotirasi tahqirlanmoqda – Navalnaya
Olam
−
29 Fevral 2024 9057 1 daqiqa
Navalniy bilan vidolashuv marosimi uchun joy topilmayotgani ortida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Moskva meri Sergey Sobyanin turibdi. Bu haqda siyosatchining bevasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bizda fuqarolik xotira marosimi va Aleksey bilan vidolashuv uchun joy yo‘qligida ikki kishi aybdor. Kremldagilar uni o‘ldirdi, avval Alekseyning jasadini, keyin onasini masxara qilishdi, endi esa uning xotirasini tahqirlamoqda. Biz odamlarga Aleksey bilan odatdagidek xayrlashish imkoniyati berilishini xohlaymiz”, deb yozdi Navalnaya 28 fevral kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, avalroq qamoqxonada vafot etgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning dafn marosimi 1 mart kuni Moskvaning Marino tumanida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr