Rossiyada 7 yoshli bola tarvuz iste’mol qilganidan keyin vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Kemerovo viloyatida 7 yoshli bola tarvuz iste’mol qilganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda NSN xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, voqea viloyatning Anjero-Sudjensk shahrida sodir bo‘lgan. Marhum bolaning ota-onasi ikki o‘g‘li uchun joriy yilning 8 iyun kuni do‘kondan tarvuz olib kelgan. Bolalar ikki kun o‘tib, tarvuzni yeganidan so‘ng kasallangan hamda shifoxonaga yotqizilgan. Bolalarning kichigida miya shishishi hamda suvsizlanish kuzatilib, og‘ir ahvolda Kemerovo markaziy shifoxonasiga vertolyotda olib borilgan. Komaga tushib qolgan bolakay hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. 

8 yoshli to‘ng‘ich farzandga esa o‘tkir ichak yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan, ammo u tirik qolgan. 

Tergov harakatlari davomida tarvuz sotib olingan do‘kon topilib, undagi tarvuzlarning sotuvga chiqib ketishining oldi olingan. 

Hozirda mintaqada epidemiologik tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning turli viloyatlarida spirtli ichimlikdan ommaviy zaharlanish kuzatilgandi. Oqibatda 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing