Rossiyada 555 metrlik noodatiy osmono‘par bino quriladi
Olam
−
19:09 877 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida balandligi 555 metr bo‘lgan “Laxta Sentr – 3” osmono‘par binosi quriladi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Bosh davlat ekspertizasi “Laxta Sentr – 3” osmono‘par binosining loyiha hujjatlariga ijobiy xulosa bergan. Tegishli ma’lumot qurilish ob’ektlari loyiha hujjatlari ekspertizasi xulosalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan.
Baland binoni Sankt-Peterburgning Laxta-Olgino munitsipal okrugida qurish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshiruvchi kompaniya “Sinergiya”, texnik buyurtmachi esa “Renkons” hisoblanadi.
Me’moriy loyiha ikkita o‘zaro burama spiral shaklidagi konstruksiyani nazarda tutadi. Ular markazdagi bir necha qavat balandligidagi atriumlar atrofida binolarning asosiy hajmini shakllantiradi.
Binoning 43, 70 va 88-qavatlarida kafe hamda ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarga ega qishki bog‘lar va dam olish maydonlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Birinchi va 100-qavatlarda nooziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari, dorixona kioskasi hamda suvenir savdosi uchun joylar bo‘ladi. Binoning yuqori qismida esa ko‘rgazma maydoni va kuzatuv maydonchasi joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 77 qavatli, balandligi 340 metr bo‘lgan “Dushanbe” minorasi va 52 ta ob’ektdan iborat yirik me’moriy majmua qurilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi