Rossiyada 5 yoshli qizchani zo‘rlab o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
15 Sentabr 2023
12043Rossiya poytaxti Moskva shahrida yashovchi Tojikistonlik oilaning 5 yoshli qizini zo‘rlab, so‘ng pichoq bilan o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Sputnik Tadjikistan” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yilning 22 iyulida Moskva viloyatida yashovchi tojik oilaning 5 yoshli qizi yo‘qolib qolgan va ertasi kuni uning jasadi temir yo‘l yonidan sport sumkasidan topilgan.
Politsiya xodimlari surishtiruv ishlarini boshlab, kuzatuv kameralari yordamida asosiy va yagona gumondorni tezda aniqlashgan. Jinoyatchi oilaning qo‘shnisi, 28 yoshli Aleksandr Semin bo‘lib chiqqan. Sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng qizaloq avval zo‘rlangani, keyin esa pichoq bilan o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan.
Moskva viloyati sudi hukmi bilan Aleksandr Semin 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq qizning otasi sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati bergan va navbatdagi sud jarayoni joriy yilning 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Moskva sudining yakuniy qarori bilan otaning arizasi qanoatlantirilib, sudlanuvchi erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
LiveBarchasi