Rossiyada 5 o‘zbekistonlik hibsga olindi
Olam
−
26 Sentabr 12201 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda joriy yilning 24 sentyabr kuni mintaqaviy Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hibsga olinganlarning yoshi 22 dan 40 yoshgacha bo‘lib, ular Grecheskiy turar-joy hududida yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan. Xodimlar o‘zbekistonliklarni gumondor sifatida qo‘lga olgan.
Mushtlashuv 20 sentyabr kuni tungi vaqtda do‘konda boshlangan. Nizo sababi – hibsga olinganlarning vatandoshi bo‘lgan sotuvchi ayol bilan bog‘liq bo‘lib, u migratsiya qonunchiligini buzganligi aniqlangan.
Jabrlanuvchi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Uni do‘pposlashganidan keyin shifokorlar yordam ko‘rsatib, uyiga davolanishga jo‘natgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan videoyozuv tarqalgan. Unda bir guruh odamlar yerda yotgan kishini urayotgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari “Korona” banket zalida uyushtirilayotgan o‘zbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga bostirib kirib, migrantlarni tintuv qilgani haqida xabar berilgandi. Tekshiruv davomida O‘zbekistonning 8 fuqarosi Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzgani aniqlangan.