Rossiyada 5 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchradi
3-sahifa
−
25 may
10995Rossiyaning Tyumen viloyatida besh nafar o‘zbekistonlik YTHga uchradi. Bu haqda “Tumentoday” nashri xabar berdi.
Viloyat davlat yo‘l inspeksiyasining ma’lum qilishicha, voqea bugun, 25 may kuni Aromashevo – Vagay trassasining 18-kilometrida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonliklar Kia rusumli avtomobilda Surgutdan Rossiya chegarasiga ketayotgan bo‘lgan.
“Kia rusumli avtomobil yo‘lning 18-kilometrida ariqqa sirg‘alib, ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch va besh yoshli ikki nafar bola, shuningdek, 30 yoshli yo‘lovchi ayol, 32 yoshli yo‘lovchi erkak va 28 yoshli avtomobil haydovchisi jabrlangan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi xavfsiz tezlikni tanlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada o‘zbekistonliklar yashaydigan yotoqxona yonib ketgandi.