Rossiyada 460 dan ortiq uy “svet”siz qoldi

Olam

image

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi qishloqda 460 dan ortiq uy elektr energiyasi ta’minotidan uzildi. Bu haqda Rossiya viloyati favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga qishloqning elektr ta’minotidagi avariya sabab bo‘lgan. Oqibatda 460 dan ziyod uylar chiroqsiz qolgan. Hozirda favqulodda brigadalar tomonidan elektr ta’minotidagi uzilishni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avariya sababi ma’lum qilinmagan. Ayni paytda Rossiyaning Irkutsk viloyatida -10 daraja sovuq bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmayapti.

Shuningdek, holat yuzaga kelgan hududda 463 ta xususiy turar-joy binolari mavjud bo‘lib, ularda 2747 kishi istiqomat qiladi. Ulardan 651 tasi voyaga yetmagan boladir.

Avvalroq, Ukraina poytaxti Kiyevning 300 mingdan ortiq aholisi elektr ta’minotisiz qolgani, ayrim uylarda issiqlik va suv ta’minoti yo‘qligi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing