Rossiyada 49 kishini olib ketayotgan samolyot sirli tarzda yo‘qolib qoldi 

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yo‘lovchi tashuvchi An-24 samolyoti samoda aloqaga chiqmay yo‘qolib qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

“Angara” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Xabarovsk–Blagoveshensk–Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan edi. Uning bortida 43 nafar yo‘lovchi, jumladan 2 nafar bola, shuningdek 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

OAVga ko‘ra, samolyot Tinda shahri aeroporti yaqinidagi nazorat nuqtasida aloqaga chiqmagan va yo‘qolib qolgan. Ayni vaqtda qutqaruvchilar Tinda tumaniga yo‘l olgan va An-24 samolyotini qidirish ishlarini olib bormoqda.

Hozircha bortning taqdiri noma’lum. Favqulodda xizmatlar hodisa haqida xabardor qilingan, tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Vzlet” aviakompaniyasiga tegishli Mi-8T vertolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Bortda 5 kishi bo‘lgan. Ularning 3 nafari ekipaj a’zosi va 2 nafari texnik mutaxassislar sanaladi. Vertolyot Oxotsk aholi punktidan havoga ko‘tarilgan va Magadanga yetib borishi kerak bo‘lgan. Biroq belgilangan vaqtda ekipaj bilan aloqa uzilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing