Rossiyada 25 yashar o‘zbekistonlik o‘g‘irlab ketildi. U qabr qazishga majburlangan

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatidagi Krasnosel tumanida bir necha kishi O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketdi. “Fontanka” nashriga ko‘ra, noma’lum shaxslar uni o‘rmonga olib borib, qabr qazishga majburlagan.

25 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketilganidan bir necha kun o‘tib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 31 iyul kuni soat 20:00 da o‘zi ishlayotgan kafening xizmat eshigida besh kishi uni ushlab olgan. 

Fuqarolar yigitning telefonini olib qo‘yib, 35 ming rubl berishga majburlagan. Keyin uni “Lada Largus” avtomobiliga o‘tqazib, o‘rmonga olib ketgan va u yerda chuqur qazishni buyurgan. 

O‘g‘irlaganlar undan yana 100 ming rubl talab qilgan. Bunga javoban O‘zbekiston fuqarosi yonida puli yo‘qligini aytgan. Shundan so‘ng noma’lum shaxslar uni yana kafega qaytargan. 

Oradan bir kun o‘tib, erkaklar yana kafega kelgan va o‘zbekistonlikdan 35 ming rubl olib ketgan. 

“Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

1578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing