Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda
Olam
−
02 yanvar
10411Sankt-Peterburgda Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Bu haqda “Operativnoye prikritiye” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan tushdan keyin 25 yoshli qiz politsiyaga noma’lum shaxs tomonidan zo‘rlangani va uning nochor ahvolidan foydalanganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan. Voqea Vladimirskiy prospektidagi binoning xonadonlaridan birida yuz bergan.
Shu kuni kechki payt politsiya Leningrad viloyati Lomonosovskiy tumani Novosele qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tmagan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.
Bildirilishicha, yigit maxsus hibsxonaga joylashtirilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahri sudi o‘tgan yilning yozida “Match TV” jurnalistini zo‘rlagan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga hukm e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, ikki nafar ayblanuvchi 9 yillik, uchinchi shaxs esa 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.
LiveBarchasi