Rossiyada 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit qurilish maydonida vafot etdi
Olam
−
04 noyabr
13749Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonida topilgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘limini o‘rganmoqda. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa Tyulpanov ko‘chasidagi qurilish maydonida joriy yilning 2 noyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yosh g‘isht teruvchi oltinchi qavatda ishlayotganda vafot etgan.
“Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam brigadasi faqat o‘lim faktini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit 2024 yilning fevral oyida Rossiyaga ishlash uchun borgan va Leningrad viloyatida rasmiy ravishda mehnat patenti bilan faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kalinin tumanida o‘zbekistonliklar ishtirokida halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. YTH oqibatida jarohatlanganlarning biri shifoxonada vafot etgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr