Rossiyada 19 yoshli qizni 14 yil tutqunlikda saqlab, zo‘rlab kelgan erkak ushlandi
Olam
−
01 avgust 2023
22405Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida 2009 yilda mahalliy fuqarolardan biri tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yekaterina ismli qiz bugun 31 iyul kuni tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ozodlikka chiqqan qiz singlisini topgan va u orqali politsiyaga murojaat qilgan. Qizning aytishicha, 2009 yilda uni Vladimir ismli 37 yoshli erkak birgalikda spirtli ichimlik ichish uchun Smolina qishlog‘iga borishga taklif qilgan. Qishloqqa yetib borishgach, erkak uni derazalari panjarali, eshigi qulflangan uyga qamab qo‘ygan.
Vladimir uni qotillik tahdidi bilan zo‘rlab kelgan. Qiz qamalgan uyda Vladimirning onasi ham yashagan, biroq o‘g‘li hech qayerga chiqmagani uchun qo‘shnilari ayolni yolg‘iz yashaydi deb o‘ylagan.
Ta’kidlanishicha, Vladimir 2010 yilda tutqunlikdagi qizning sevgilisini ham o‘ldirgan. Yaqinda Vladimir ko‘p spirtli ichimlik ichgani va o‘ta agressivligi sabab onasi uni shifoxonaga yotqizgan. Yekaterina qamalgan xonaning eshigi esa tasodifan ochiq qolib ketgan va qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Erkakning uyini ko‘zadan kechirish chog‘ida xo‘jalik binolarining biridan odam qoldiqlari topilgan. Holat yuzasidan qotillik ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik uch yil davomida tutqunlikda saqlab kelingani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi