Rossiyada 15 yashar bola maktabni portlatmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi maktabda portlashning oldi olindi. Minusinskiy tumanida terakt uyushtirishni rejalashtirib yurgan o‘n besh yoshli fuqaro hibsga olindi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bahorda terakt uyushtirishni rejalashtirayotgan bo‘lgan, portlovchi moslamalarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqqan. Kerakli tarkibiy qismlarni topgan va to‘rtta bomba to‘plagan, uni o‘zi yashaydigan binoda saqlagan. Xavfsizlik kuchlari uning rejasi amalga oshishining oldini oldi.

So‘roq paytida o‘spirin o‘z aybini to‘liq tan oldi va qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. 

Ayblanuvchiga terroristik hujumga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirish maqsadida o‘qish, shuningdek, portlovchi moslamalarni noqonuniy tayyorlash, saqlash va olib yurish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing