Rossiyada markaziy osiyolik talaba 13 yil avval nom-nishonsiz yo‘qolgani yuzasidan ish ochildi

Olam

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahri huquq-tartibot idoralari bundan 13 yil oldin bedarak yo‘qolgan qirg‘izistonlik talaba Nurmamat Muhammadalining o‘g‘irlab ketilgani fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda URA.RU xabar berdi.

Tergov bo‘limi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Gap qirg‘izistonlik talaba Yekaterinburgda o‘g‘irlab ketilgan eski voqealar haqida ketmoqda. U hali ham tirik yoki o‘lik holda topilmadi.

Jinoyat 2012 yil 23 aprelga o‘tar kechasi Bebel ko‘chasida sodir bo‘lgan. Rossiya davlat pedagogika universitetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan talabasi Nurmamat Muhammadali ikki do‘sti bilan “Volga” avtomobilida ketayotgan edi. To‘satdan ularning mashinasini och kulrang yoki kumushrang GAZ-3110 ataylab urib yubordi. Bir necha kishi mashinadan tushib, yigitni “Volga”dan chiqarib, mashinasiga o‘tqazib, haydab ketgan. O‘shandan beri uning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.

Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, odam o‘g‘irlashning bir nechta versiyalari tekshirilmoqda. Ulardan biriga ko‘ra, jinoyatdan avval talaba va uni o‘g‘irlaganlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Boshqasiga ko‘ra, bu hech kim bilmagan “jabrlanuvchining norasmiy faoliyati” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan shaxsni o‘g‘irlash) bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Talabaning qarindoshlari hatto “Meni kuting” dasturi yordamida uni qidirgan, biroq yigit go‘yo “havoda g‘oyib bo‘lgan”.

2014 yilda bu ish bo‘yicha Qirg‘izistonning ikki fuqarosi qidiruvga berilgan. Endi ikkala shaxs ham Rossiyadan qochib, boshqa mamlakatlarda yashiringani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga ko‘ra, ular allaqachon xalqaro qidiruvga berilgan, tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Rossiyaning Moskva shahrida ikki erkak katta miqdorda pul undirish maqsadida o‘g‘irlab ketilgandi. Qirg‘izistonning ikki fuqarosi “Kuzminki” metro bekati yaqinidagi kafeda do‘stini kutib turgan. Ikki noma’lum erkak ularga yaqinlashib, mashinani o‘t oldirishda yordam so‘ragan. Qirg‘iziston fuqarolari esa rozi bo‘lib ko‘chaga chiqqan.

Noma’lum shaxslar u yerda ularni mashina ichiga itarib yuborgan, hujjat va telefonlarini olib, keyinroq Xoroshyovo-Mnyovniki tumanidagi joyga olib borgan. Ular qirg‘izistonliklardan 190 ming rubl talab qila boshlagan, erkaklarni kaltaklagan va ularga o‘ldirish bilan tahdid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nurmamat Muhamadali huquq-tartibot qirg'izistonlik talaba odam o'g'irlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar