Rossiyada 13 yoshli bola hammomda telefon ishlatgani uchun vafot etdi
Olam
−
03 fevral 9445 1 daqiqa
Rossiyaning Leningrad viloyatida maktab o‘quvchisi hammomda telefondan elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.Ru” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Boksitogorsk shahrida sodir bo‘lgan. Bola sayrdan keyin cho‘milishga qaror qilgan va telefon hamda zaryadlovchi qurilmasini olib hammomga kirib ketgan. Bu vaqtda bolaning otasi o‘g‘lini sovuqdan issiq xonaga kirib uxlab qoldi, deb o‘ylagan. Bola esa hammomda telefonini suvga tushirib yuborib, elektr toki urishi oqibatida vafot etgan.
Avvalroq, Vladimir viloyatida ham o‘smir vannada elektr toki urishi oqibatida vafot etgandi. U rozetkaga ulangan telefondan foydalanayotgan paytda qurilma suvga tushib ketgan va o‘smirni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.
Aliqulov Javohir
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust