Rossiyada Hindistonda avj olgan kasallik aniqlandi
Olam
−
18 may 2021
8960Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarda Hindistonda tarqalgan xavfli “qora mog‘or” (mukormikoz) infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda I.I. Mechnikov nomidagi Tibbiyot universitetining Klinik mikologiya, allergologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Nikolay Klimko ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu infeksiyani tuproqda yashaydigan mikroskopik qo‘ziqorinlar qo‘zg‘atadi.
“Rossiyada mukormikoz kamdan-kam hollarda, asosan onkogematologik bemorlarda uchraydi. Hozir mamlakatimizda Hindistondagi vaziyat bilan taqqoslanadigan narsa yo‘q. Menga ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda faqat mukormikozning alohida holatlari bo‘lgan. Hozirda bunday bemorlardan biri bizning mikologik klinikamizda davolanmoqda, umid qilamanki, unda hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan Klimko.
Unga ko‘ra, mukormikoz ayniqsa immuniteti pasayib ketganlar uchun juda xavfli. Infeksiya nafas olish va ko‘rish organlariga ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Gujarat shtatida kasallik avj olgandi, u yerda 100 dan ortiq mukormikoz holati qayd etilgandi.
LiveBarchasi