Rossiyada harbiy xizmatga chaqiruv yoshi oshiriladi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasida harbiy xizmatga chaqiruv yoshini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Rossiya parlamentining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha kecha, 14 iyun kuni birinchi o‘qilishdayoq deputatlar tomonidan ma’qullangan. 

Hujjatga ko‘ra, 2024 yildan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tashning yosh chegarasi 30 yoshga ko‘tariladi. Shu vaqtdan boshlab eng kam yosh bosqichma-bosqich 18 yoshdan 21 yoshgacha oshiriladi.

Bu bilan 2024 yilda chaqiruv yoshi 19 yoshdan 30 yoshgacha, 2025 yilda 20 yoshdan 30 yoshgacha, 2026 yilda 21 yoshdan 30 yoshgacha ketma-ket oshirib boriladi.

Shuningdek, fuqarolar har qanday holatda ham ixtiyoriy ravishda 18 yoshdan boshlab harbiy xizmatga borishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, chaqirilish yoshini oshirish 2022 yil dekabrida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan taklif etilgan va armiya islohoti doirasida rasmiylashtirilgan. Islohot, shuningdek, harbiy xizmatchilar sonini 1,5 million kishigacha oshirishni nazarda tutadi.‌‌

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya harbiy xizmatga chaqiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing