Rossiyada harbiy xizmatchi oddiy askarni otib qo‘ydi

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatidagi harbiy qismda shartnoma bo‘yicha ishlaydigan harbiy xizmatchi oddiy askarni otib o‘ldirdi. Bu haqda RBK G‘arbiy harbiy okrug Matbuot xizmatiga tayanib, xabar bermoqda.

“Voqea joyidan olingan xabarga ko‘ra, 31 yanvar kuni ertalab shartnoma bo‘yicha ishlaydigan harbiy xizmatchi qurol saqlash xonasida bo‘lgan vaqtida qurol bilan muomala qilish talablarini qo‘pol ravishda buzgan va beixtiyor o‘q uzgan. Oqibatda yaqin atrofda bo‘lgan harbiy xizmatchi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, voqea joyida hodisa sabablarini aniqlash uchun komissiya ishlamoqda.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, bo‘linma Mitii tumanidagi Troitse-Selso qishlog‘ida joylashgan. Marhum 25 yoshda bo‘lgan.

"Hodisa dushanba kuni ertalab havo hujumidan mudofaa bo‘linmasining qurollanish xonasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi majburiy xizmat o‘tayotgan askarning boshiga o‘q uzgan, u vafot etgan", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Dnipro shahrida Milliy gvardiya xodimi o‘z hamkasblariga qarata o‘t ochgan edi. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing