Rossiyada hamyurtini o‘ldirib, bo‘laklab tashlagan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
29 yanvar
111662024 yil 19 sentyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk viloyatida 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 44 yoshli yurtdoshining hayotiga zomin bo‘lgandi. Ushbu shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Novosibirsk viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 19 sentyabrga o‘tar kechasi Novosibirskning Lenin tumanida 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 44 yoshli hamyurti bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shu paytda erkaklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Biroz vaqt o‘tgach sudlanuvchi taburetkani olib, tanishining hayotiy a’zolari sohasiga bir necha marta urgan. Jinoyat izlarini yashirish maqsadida erkak jabrlanuvchining jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uning qismlarini qoplarga solgan va suv havzasi yaqinidagi kimsasiz joyga tashlab kelgan.
Sud sudlanuvchini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan aybdor deb topdi va uni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Sudlanuvchi marhumning onasiga 1 million rubl miqdorida ma’naviy zarar to‘lashi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak deyarli bir oy davomida 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlaganlikda ayblanayotgani xabar qilingandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

