Rossiya JSSTning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shilmadi

Olam

image

Rossiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirusga qarshi vaksinani ixtiro qilish va tarqatish dasturi COVAX`ga qo‘shilmadi. Bu haqda “Interfaks” RF Hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

“COVAX dasturida vaksina sotib olish uchun to‘lov qilish kerak. RFda bunday zarurat yo‘q, bizning mamlakat o‘z vaksinasini tayyorladi va ishlab chiqarishga kirishdi”, degan agentlik suhbatdoshi.

Ma’lumot uchun, JSST hamda Vaksina va immunlashtirish bo‘yicha global alyansning dunyo davlatlarini koronavirusga qarshi samarali vaksina bilan teng darajada ta’minlash bo‘yicha COVAX dasturida 170 dan ortiq davlat, jumladan O‘zbekiston ishtirok etyapti. AQSH ham bu dasturda qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Bunga dasturning JSST bilan aloqadorligi sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi joriy yilning 11 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ammo preparat xalqaro darajada tan olingan 4 bosqichli sinovdan o‘tmagan. Shu bois G‘arb davlatlari vaksinaning samarali ekaniga shubha bildiryapti. Ayni vaqtda vaksinaning uchinchi bosqich sinovi boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing