Rossiya Zaparoje AESda terakt tayyorlamoqda – Zelenskiy
Olam
−
22 iyun 2023 6833 1 daqiqa
Rossiya Zaparoje atom elektr stansiyasida radiatsiya sizdirilishi bilan bog‘liq terakt tayyorlamoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 22 iyun kuni mamlakat xavfsizlik xizmati hisobotiga tayanib xabar berdi.
Zelenskiyning aytishicha, Rossiya buning uchun hamma narsani tayyorlagan. Shuningdek, u radiatsiya davlat chegaralarini bilmasligini, u kimga zarar keltirishini faqat shamol yo‘nalishi belgilab berishini ta’kidlagan.
Endilikda mamlakat Rossiyaning yadroviy ob’ektda terakt tayyorlayotgani bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlarni o‘zining sheriklari: Yevropa, Amerika, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Arab dunyosi va Afrikaga yetkazmoqchi.
“Buni barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar – mutlaqo hamma bilishi kerak. Atom elektr stansiyalarida hech qachon terroristik hujumlar bo‘lmasligi kerak. Bu safar Kaxovkadagidek bo‘lmasligi lozim”, deydi u.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina razvedkasi Rossiya harbiylari Kaxovka GESining to‘g‘oni va boshqa inshootlarini aynan qanday portlatganiga oid yangi dalillarni ham to‘plagan.
“Bu bosqinchilarning to‘liq nazorati ostida bo‘lgan stansiyada mutlaqo rejalashtirilgan jinoyat edi”, deya ta’kidlagan u. Ukraina yetakchisi, shuningdek, bir yil avval xuddi shu terakt haqida ogohlantirganini eslatgan.
Zelenskiyning gaplariga nisbatan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirib, buni “navbatdagi safsata”, deb atagan.
Live
Barchasi