Rossiya Yevropaning asosiy gaz yetkazib beruvchisiga aylanishi mumkin – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni qaytarib olishi va Yevropa Ittifoqining asosiy yoqilg‘i yetkazib beruvchisiga aylanish imkoniyatiga ega. Bu haqda “Bloomberg” agentligi sharhlovchisi Xaver Blas yozdi.

Blasning qayd etishicha, Yevropa yetakchilari Rossiya bilan odatiy biznesni tiklamaslikka qanchalik harakat qilmasin, geografiya va bozor Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish imkoniyatini bermaydi.

“Yevropa yetakchilari Ukraina urush tugaganidan keyin odatdagidek biznesga qaytmaslikka qanchalik va’da bermasin, muqarrar geografiya va bozor voqeligi eng qat’iy siyosatchilarni ham Rossiya bilan hamkorlik qilishga ishontira oladi”, deydi Blas.

Maqola muallifi nemis siyosatchisi, Saksoniya federal shtati bosh vaziri Mixael Krechmerning Rossiya gazidan butunlay voz kechish “tarixiy bilimsizlik va geosiyosiy jihatdan noto‘g‘ri qaror” degan so‘zlarini misol qilib keltirgan. 

Blasning ta’kidlashicha, ayni paytda Berlin gaz importining megavatt-soati uchun 140 yevro (taxminan 180 dollar) to‘laydi. Bu narx 2010 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi o‘rtacha narxdan 7 barobarga qimmatroqdir.

 “Agar Yevropa Ittifoqi kimyo, oziq-ovqat va og‘ir sanoatda raqobatbardosh bo‘lib qolmoqchi bo‘lsa, unga arzon gaz kerak. Yevropa uchun Rossiya gazidan arzonroq gaz yo‘q”, deydi sharhlovchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing