Rossiya Yevropaga hujum qilmoqchi emas – Putin
Olam
−
29 fevral 2024 7581 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arbning Rossiya Yevropaga hujum qilishi haqidagi xavotirlari kulguli ekanini aytdi. Bu haqda u Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida so‘z ochdi.
"G‘arb Ukraina, Yaqin Sharq va dunyoning boshqa mintaqalarida mojaro qo‘zg‘atdi va yolg‘on gapirishda davom etmoqda. Endi ular hech uyalmasdan, Rossiyaning go‘yoki Yevropaga hujum qilish niyati borligini aytishmoqda. Siz va men tushunamizki, bu iddaolarning barchasi kulguli va bema’nilikdan iborat", deydi Prezident o‘z so‘zida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Litva Mudofaa vazirligining mudofaa siyosati bo‘yicha vakili Vaydotas Urbelis ham Rossiya hozirda Yevropaning boshqa davlatlariga hujum qilish uchun qulay holatda ekanini bildirgandi.
“Shuning uchun Litva tayyor bo‘lishi kerak, chunki Rossiya u va qo‘shni mamlakat hududlarini “o‘ziniki deb o‘ylaydi”, degan amaldor.
Bundan oldin ham ba’zi davlatlar, jumladan Finlyandiya ham Rossiya bilan chegarasini mustahkamlayotgani haqida xabar bergandik.
Sarvar Xurramov