Rossiya Yevropa Kengashi kelishuvlaridagi ishtirokini to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya Yevropa Kengashining qisman va kengaytirilgan kelishuvlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan qarorda belgilangan.

Qonunga ko‘ra, joriy yilning 16 martdan Rossiyaning sakkizta kelishuvdagi ishtiroki to‘xtatilgan. Xususan,

•  Narkotiklar va tobelik bo‘yicha xalqaro hamkorlik guruhi; 

•  1990 yilgi, huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasini ta’sis qiluvchi qisman kelishuv;

•  Yevropa Kengashining tabiiy ofatlar va texnologik halokatlarni prognoz qilish, oldini olish va bunday hollarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha qisman ochiq kelishuvi;

•  Birgalikda kino ishlab chiqarish hamda kinematografik va audiovizual asarlar prokati bo‘yicha Yevropa ko‘mak fondi (“Yevrimaj”);

•  Yevropa audiovizual observatoriyasi;

•  Yevropa Kengashining sport bo‘yicha kengaytirilgan qisman kelishuvi;

•  Yevropa Kengashining madaniy yo‘nalishlar haqidagi kengaytirilgan qisman kelishuvi;

•  Yevropa Kengashining “Yevropada tarixni o‘qitish bo‘yicha observatoriya” kengaytirilgan qisman kelishuvidagi ishtiroki to‘xtailgan.

Shu munosabat bilan Rossiya hukumatining 14 ta akt va nizomlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Fevralda Yevropa Kengashi Rossiya tomonidan DXR va LXR mustaqilligi tan olinishini, shuningdek, Ukraina bostirib kirilishini qoraladi. Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi Rossiyaning tashkilotdagi vakilligini to‘xtatib qo‘ydi va uni qo‘mita, Parlament Assambleyasi va Yevrokengashning boshqa organlari faoliyatida qatnashish huquqidan mahrum qildi.

Bunga javoban, 15-mart kuni Rossiya Yevropa Kengashidan chiqish jarayonini boshladi. Shundan keyin Rossiyada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining 15-martdan keyin qabul qilingan qarorlarini ijro etmaslik to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 16-sentyabrga qadar Rossiyani sud jarayonlarida tomon deb hisoblashda davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing