Rossiya yadroviy kuchlari mashg‘ulotini o‘tkazishi haqida AQSHni ogohlantirdi
Olam
−
26 Oktabr 2022
19479Rossiya yadroviy kuchlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Moskva rejalari haqida Pentagonni ogohlantirgan. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi vakili Patrik Rayder ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva shaffoflik talablariga rioya qiladi.
“AQSH xabardor qilingan... Shu ma’noda Rossiya qurol nazorati va shaffoflik bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmoqda”, deydi Pentagon rasmiysi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy departamenti “Yashin” mashg‘ulotlarini yillik va muntazam tadbir deb biladi, ammo baribir uning bajarilishini nazorat qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalgi “Yashin” mashqlari 2022 yil 19 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanishidan besh kun oldin bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi