Rossiya vazirining ATESdagi nutqini besh davlat “boykot” qildi

Olam

image

Yaponiya, AQSH va yana uch davlat vakillari Rossiyaning Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ATES) savdo vazirlari yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida zalni tark etishdi. Ushbu ma’lumotni jurnalistlarga Tailand Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Tani Sangrat tasdiqladi.

“Ha, bu haqiqat ekanligini tasdiqlay olaman”, deydi Tani Sangrat. 

Bundan avval, “Kiodo” agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib, rossiyalik vazir nutqi chog‘ida Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiya vakillari yig‘ilishni tark etgani haqida xabar bergan edi. Ushbu harakatlar Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga bosqiniga norozilik sifatida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 may kuni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi ochildi. Bu tashkilot savdo vazirlarining uch yil ichidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvidir, chunki koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar hozirda biroz yumshatilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 19 mamlakat va ikkita hududdan iborat. Ular orasida 12 ta asoschi davlatlar bor: Avstraliya, Bruney, Indoneziya, Kanada, Malayziya, Yangi Zelandiya, Singapur, AQSH, Tailand, Filippin, Janubiy Koreya va Yaponiya. 

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi (1991 yilda kiritilgan), Meksika va Papua-Yangi Gvineya (1993), Chili (1994), Rossiya, Vetnam va Peru (1998) ham ishtirok etadi. 1991 yilda Xitoyning ikkita hududi, Gonkong va Tayvan tashkilotga qo‘shildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing