Rossiya va O‘zbekiston Suriyadan bolalarni olib kelish tajribasini muhokama qildi

Olam

image

Rossiya bolalar ombudsmeni Anna Kuznetsova O‘zbekiston bosh konsuli Mehriddin Hayriddinov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Suriya va Iroqdan bolalalarni repatriatsiya qilish, bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha samarali tajribalarini o‘rtoqlashish masalalarida suhbatlashgan. Bu haqda ombudsmen Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirdi. 

“Bugun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bosh konsuli Mehriddin Hayriddinov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suriya va Iroq hududidagi lagerlaridan bolalarni repatratsiya protsedurasini tashkil qilish borasida yuzaga keladigan muammolar muhokama qilindi”, deb yozdi Kuznetsova.

Tomonlar yuzaga kelgan qiyinchiliklarni muhokama qildi, tajriba va ma’lumot almashish, qaytib kelgan bolalarni reabilitatsiya qilish amaliyoti to‘g‘risida kelishib olganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan maxsus topshiriq orqali ilk bor 2019 yilning 30 may kuni “Mehr” operatsiyasi amalga oshirilib, Yaqin Sharqning qurolli to‘qnashuvlar hududidan 156 nafar ayollar va bolalar qaytarildi. Yil oxirida, 2019 yilning 10 oktyarbr kuni “Mehr-2” operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan  yana 64 nafar bolalar qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Anna Kuznetsova

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing