Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush bo‘ladimi? Shoygu javob berdi

Olam

image
test

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu rasmiy Kiyev hamda Moskva tinchlik va yaxshi qo‘shnichilikda yashaydi deb, hisoblayapti. U “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli haqida so‘ralganda Mudofaa vaziri bu haqda hatto o‘ylashni xohlamasligini aytdi. Shoygu Ukraina rahbariyati Moskvaga harbiy yurish qilishga chaqirayotgan ekstremistlarni to‘xtatishiga umid bildirdi.

“Ukrain xalqi va hukumati jarayonning shu darajada axmoqona davom etishiga chaqirayotgan o‘sha issiq boshlarni sovutishga o‘zida kuch, iroda va imkoniyat topa oladi. Ukrainada ekstremistlarni qachondir to‘xtatish kerakku. Bu avvalroq amalga oshirilmaganidan afsusdaman”, degan Shoygu.

Shoygu ukrainaliklarni qardosh xalq deb, uning ona tomon qarindoshlari ukrainalik ekanini aytib o‘tdi.

“Men ukrain xalqi bilan tinchlik va yaxshi qo‘shnichilikda umrguzaronlik qilishimizga mutlaq ishonaman. Hali buning vaqti keladi”, dedi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina Sergey Shoygu

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing