Rossiya va Ukraina navbatdagi asirlar almashinuvini amalga oshirdi
Olam
−
12 iyun 3105 2 daqiqa
Bugun, 12 iyun kuni Rossiya va Ukraina Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida kelishilgan harbiy asirlarni almashishning navbatdagi raundini o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Bugun armiyamiz jangchilari, milliy gvardiyachilar va chegarachilar uyda. Ular davolanishga muhtoj va, albatta, zarur yordam ko‘rsatiladi. Bu og‘ir yaralangan va og‘ir kasallangan jangchilarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi bosqich”, deb yozdi Zelenskiy.
Rossiya tomoni esa, avvalgi almashinuvlardan so‘ng bildirilganidek, Rossiya Qurolli Kuchlari xizmatchilari Belarusga olib kelingani, u yerda ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini, keyinroq esa Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalariga davolash va reabilitatsiya uchun jo‘natilishini ma’lum qildi.
9 iyun kuni ham Rossiya va Ukraina tomonlari yoshi 25 yoshdan kichik bo‘lgan harbiy asirlarni almashdi. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, uyga yaralangan va og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilar ham qaytarilgan. O‘shanda Ukrainadagi Asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab, xavfsizlik nuqtai nazaridan, ozod qilinganlar soni butun jarayon tugagandan so‘ng aniqlanishini bildirgan edi.
Keyingi kuni tomonlar og‘ir yaralangan va yaralangan harbiylarni almashishdi.
2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda keng ko‘lamli asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Tomonlar og‘ir yaralangan harbiylar va yoshi 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish hamda o‘zaro urushda halok bo‘lgan 6000 nafar harbiy xizmatchining jasadlarini qaytarish haqida kelishgan.
Live
Barchasi