Rossiya va Ukraina BAA vositachiligida asirlarni almashtirishni rejalashtirmoqda 

Olam

image

Rossiya va Ukraina Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan kelishuv doirasida 180 nafar mahbusni almashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Bu Fors ko‘rfazi mamlakati joriy yilda tashkil etgan oltinchi almashinuv bo‘ladi.

Qayd etilishicha, tomonlar bugun ertalab 90 nafar mahbusni ozod qilishga kelishib olgan. Ayirboshlash joriy yilda BAA vositachiligida almashtirilgan mahbuslar sonini qariyb 1400 nafarga yetkazadi.

Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkovaning aytishicha, Rossiya va Ukraina urush boshlangandan beri 40 dan ortiq mahbus almashinuvini amalga oshirgan. U bu jarayonni qiyin deb atadi, biroq Rossiya Mudofaa vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati uning to‘xtab qolmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashgandi. Ukraina asirlikdagi 90 nafar rossiyalik harbiyni, Rossiya 90 nafar ukrainalik harbiyni qaytargandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing