Rossiya va Ukraina asirlarni almashishdi
Olam
−
26 iyun
5530Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ukraina asirlikdagi 90 nafar rossiyalik harbiyni, Rossiya 90 nafar ukrainalik harbiyni qaytardi. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari harbiy asirlarni almashishda vositachilik qilgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 90 nafar ukrainalik askar Rossiya asirligidan “qaytib kelganini” tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta Moskva va Kiyev mahbuslar almashinuvi haqida 2024 yil 31 may kuni xabar berishgan. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi 75 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Ukraina hududidan qaytarilgani, 75 nafar harbiy xizmatchi esa Ukrainaga yuborilganini ma’lum qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, Ukraina Qurolli kuchlari va Ukraina Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari, chegarachilar, shuningdek, to‘rt nafar tinch fuqaro Rossiya asirligidan qaytgan.
LiveBarchasi