Rossiya va Ukraina 500 dan ortiq harbiylarning jasadini almashdi
Olam
−
16 iyul 667 1 daqiqa
Bugun, 16 iyul kuni Rossiya Ukrainaga urushda halok bo‘lgan 501 nafar, Ukraina esa Rossiyaga 31 nafar harbiyning jasadini qaytardi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jasadlar almashinuvi Belarus bilan chegaraga yaqin hududda amalga oshirilgan. Ukraina tomoni hozircha ushbu almashinuvni rasman tasdiqlamagan.
Qayd etilishicha, bu 2026 yil boshidan buyon halok bo‘lgan harbiylar jasadlari yoki harbiy asirlar almashinuvi bo‘yicha amalga oshirilgan 13-almashinuv hisoblanadi.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon halok bo‘lgan harbiylar jasadlarini qaytarish va harbiy asirlarni almashish ikki davlat o‘rtasidagi kam sonli gumanitar hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina urushda halok bo‘lgan 550 dan ortiq askarning jasadlarini almashgandi.
Live
Barchasi