Rossiya va Ukraina harbiylarning jasadlarini almashdi

Olam

image

Rossiya va Ukraina urushda halok bo‘lgan 550 dan ortiq askarlarning jasadlarini almashdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Rossiyaning hukmron Yagona Rossiya partiyasidan bo‘lgan Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevning aytishicha, Ukraina 522 nafar o‘z askarlari jasadini qabul qilgan, Rossiyaga esa 33 nafar harbiy xizmatchi jasadi qaytarilgan. Keyinchalik Ukraina ushbu almashinuvni tasdiqlagan.

“Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasadlarini qaytarish hamda harbiy asirlar almashinuvi 2022 yildan buyon Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi juda kam sonli gumanitar hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, joriy yildagi ilk almashinuv yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Ukraina tomoniga halok bo‘lgan 1 ming nafar harbiyning jasadi, Rossiya tomoniga esa 38 ta jasad topshirildi. Shuningdek, may oyida Ukraina 528 ta, Rossiya esa 41 ta jasadni qabul qilib oldi. Bu kabi almashinuvlar 2025 yilda ham sodir bo‘lgan edi. Ular bo‘yicha kelishuvga Rossiya va Belarus tomonlari Istanbuldagi muzokaralarda erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tomoniga 1000 nafar, Rossiya tomoniga esa 41 nafar halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari topshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasad Ukraina askar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing