Rossiya va Tojikiston o‘rtasida o‘ziga xos harbiy himoya tizimi yaratilmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tojikiston bilan Havo hujumidan qo‘shma mudofaa tizimi yaratilayotganini aytdi. Bu haqda RF vaziri bugun, 27 aprel kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari bilan yig‘ilishda ma’lum qilgan. 

“Havo kengligida chegaralarning himoya qilinganlik darajasini oshirish uchun tomonlar Rossiya Federatsiyasi va Tojikistonning Qo‘shma mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish to‘g‘risida kelishuv loyihasini tayyorladi. Men ushbu shartnomani uchrashuv yakunida imzolashni taklif qilaman”, deydi RF Mudofaa vaziri.

“Interfaks” xabariga ko‘ra, Shoygu shaxsan Tojikiston Mudofaa vazirligi vakillarini Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha to‘qqizinchi Moskva konferensiyasi, Xalqaro harbiy-texnik forum va Xalqaro armiya o‘yinlariga taklif qilgan.

Shoygu Rossiya tojikistonliklar uchun mamlakat harbiy universitetlarida kvotalar sonini ko‘paytirishga tayyorligini aytdi.

“KXSHT doirasida bir qator mashg‘ulotlar rejalashtirilgan va sentyabr oyida biz G‘arbiy-2021 qo‘shma strategik mashg‘ulotida Tojikiston harbiy kontingentini kutmoqdamiz”, deydi Rossiya Mudofaa vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Tojikiston Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyatini kuchaytirish maqsadida Rossiya respublikani qurol-aslaha va texnika bilan ta’minlashdan tashqari mamlakat harbiy universitetlarida Tojikiston armiyasi uchun malakali kadrlarni bepul tayyorlamoqda.

“Hozir bizda sizning besh yuzdan ortiq harbiy xizmatchingiz ta’lim olmoqda. Bundan tashqari, har yili 201-rus harbiy bazasi mablag‘lari hisobidan mingga yaqin kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Biz bu raqamlarni oshirishga tayyormiz”, deydi u.

Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmatiga ko‘ra, Imomali Rahmon bilan uchrashuvda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Mudofaa vazirlari, KXSHT Bosh kotibi va Armanistonning KXSHTdagi muxtor vakili ishtirok etgan.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar KXSHT mamlakatlari o‘rtasida siyosat, mudofaa, harbiy-texnik yo‘nalishda hamkorlik, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi birgalikda kurash, tashkilotning janubiy chegaralarini himoya qilish sohalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

“COVID-19 pandemiyasi kabi yangi tahdidlar yuzaga kelishiga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing