Rossiya va Tojikiston o‘rtasida “pretenziya”lar yo‘q – Peskov
Olam
−
22 noyabr 2023
3302Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik uyg‘un rivojlanmoqda, mamlakatlar o‘rtasida hech qanday "pretenziya" bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Birinchi kanalda ma’lum qildi.
“Bizning hamkorligimiz shu qadar uyg‘un rivojlanmoqdaki, bu ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ajoyib do‘stona munosabatlardan dalolat beradi, menimcha, biz hech qanday da’volar haqida gapira olmaymiz”, deydi Kreml vakili.
Shunga qaramay, kecha, 21 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya va Tojikiston Prezidentlari uchrashuvda Vladimir Putin Imomali Rahmonga Rossiyada yashab, mehnat qilayotgan tojikistonlik mehnat migrantlarining soni 1 milliondan oshgani, ular o‘z vataniga pul yuborib, respublika iqtisodiyoti uchun jiddiy yordam berayotganini eslatib qo‘ydi.
Imomali Rahmon 21 noyabr kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi, tashrifning birinchi kunida Rossiya rahbari bilan tor doirada uchrashuvlar, kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Tojikiston Prezidenti Moskvaga tashrifidan so‘ng 23 noyabrga belgilangan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining Minskdagi sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Putin ham avvalroq ushbu sammitda ishtirok etishini ma’lum qilgan.