Rossiya va Shimoliy Koreya xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilmoqda – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Shimoliy Koreya mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.

KCNA ma’lumotiga ko‘ra, KXDR rahbari Kim Chen In kecha, 14 avgust kuni Pxenyandagi Ozodlik minorasiga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiyaga qarshi jang qilgan sovet askarlari xotirasini yod etgan. Kim Chen In nomidan qo‘yilgan gulchambarga “Biz Sovet armiyasi shahidlarining jasoratini unutmaymiz” degan so‘zlar yozilgan.

Kim Chen In ikki davlat o‘rtasidagi qon-qardoshlik va jangovar do‘stlik merosi kengayib borayotgan munosabatlarning asosiga aylanganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ham Kim Chen Inga tabrik yo‘llagan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu bayonotlar va Kim Chen Inning tashrifi Moskva hamda Pxenyan o‘rtasidagi aloqalar tobora chuqurlashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu esa Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi xalqaro xavotirlarni kuchaytirgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha bor Rossiya Ukrainaga qarshi Shimoliy Koreya raketalaridan foydalanayotganini aytgan. U Pxenyanni Moskvaga raketa va o‘q-dorilar yetkazib berishda, shuningdek, urush uchun qo‘shimcha qo‘shinlar va’da qilishda ayblagan.

Tahlilchilarning fikricha, Pxenyan qurol dasturlarini oqlash va Pekin hamda Moskva qo‘llab-quvvatlovini kuchaytirish maqsadida Shimoli-Sharqiy Osiyoni raqobatlashayotgan bloklar o‘rtasidagi maydon sifatida ko‘rsatishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Pxenyan Rossiya hududiga ittifoqchisini qo‘llab-quvvatlash uchun 30 – 50 ming nafargacha Shimoliy Koreya harbiylari yuborilishi rejalashtirilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing