Rossiya va Shimoliy Koreya hamkorligidan xavotirdamiz – Janubiy Koreya TIV

Olam

image

Kecha, 18 iyun kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida mamlakatning Xitoy bilan tashqi siyosat va xavfsizlik borasidagi muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Unda rasmiy Seul Xitoyga Rossiya va KXDR o‘rtasidagi hamkorlikdan xavotirdaligini bildirgan. 

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi Pxenyanning bir qator provokatsiyalari, jumladan ballistik raketalar uchirilishi, axlat sharlari uchirilishi hamda GPS signallarining bloklanishi Koreya yarimorolida keskinlik kuchayishi fonida amalga oshirilayotganidan chuqur xavotirda”, deyiladi bayonotda.

Unda qo‘shimcha qilinishicha, Rossiya va KXDRning harbiy sohadagi hamkorligini mustahkamlash natijasida keskinlikning kuchayishi Xitoy manfaatlariga ziddir. Shuningdek, Seul rasmiy Pekinga mintaqada barqarorlik va tinchlik uchun konstruktiv rol o‘ynash muhimligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti 24 yil ichida birinchi marta, prezidentlik davri bo‘yicha ikkinchi marta Shimoliy Koreyaga bordi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning rasmiy uchrashuvi Pxenyan markazidagi Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tdi. Dunyodagi eng yirik o‘ttizta maydondan biri bo‘lgan va 100 mingdan ortiq odamni sig‘dira oladigan maydonda marosim ishtirokchilari qo‘llarida gullar bilan Putinni qarshiladi. Putin 2000 yilning 19-20 iyul kunlari KXDRga borganida, uni Kim Chen Inning otasi, Shimoliy Koreyaning avvalgi rahbari Kim Chen Ir kutib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing