Rossiya va Xitoy Trampning yadroviy sinov o‘tkazish buyrug‘iga munosabat bildirdi

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSHning yadro sinovlariga oid moratoriyni saqlab qolishiga umid bildirdi. Rossiya tomoni esa AQSH bilan qurollanish poygasining yangi bosqichi boshlanmaganini bildirdi.

“Xitoy AQSHning Yadro sinovlarini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma (CTBT) bo‘yicha o‘z majburiyatlariga va yadro sinovlariga qo‘yilgan moratoriyni vijdonan bajarishiga umid bildiradi”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakun.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya va AQSH o‘rtasida qurollanish poygasining yangi bosqichi boshlangan deb hisoblamasligini aytdi.

“Yo‘q, baribir yo‘q”, deb javob bergan u tegishli savolga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlar bilan “teng sharoitlarda” yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan edi. U AQSHda yadro qurollari uchun sinov poligonlari mavjudligini, sinovlar tafsilotlari esa keyinroq e’lon qilinishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Xitoy yadroviy sinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing