Rossiya va Xitoy Suriyaga transchegaraviy yordam berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga veto qo‘ydi

Olam

image

Rossiya Suriyaga transchegaraviy yordam mexanizmini bosqichma-bosqich qisqartirish zarur deb hisoblaydi va Turkiya bilan chegaradagi bitta nazorat punkti orqali ttkazib berishni kengaytirishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya qabul qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning kecha, 7 iyul kuni Arab Respublikasiga transchegaraviy gumanitar yordamni kengaytirish to‘g‘risidagi ovoz berish yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida aytiladi. 

Rossiya va Xitoy Germaniya va Belgiya rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydilar, ular BMT uchun ikkita nazorat punktini qoldirishni taklif qildi. 

“Ushbu mexanizmni BMTning favqulodda yordamni muvofiqlashtirishni kuchaytirish rezolyutsiyasida belgilangan tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladigan gumanitar yuklar bilan almashtirish uchun vaqt tugadi”,  deyiladi bayonotda.  

“Biz barcha suriyaliklarning gumanitar ehtiyojlarini qondirish zarurligini anglaymiz",  deb qo‘shimcha qildi Rossiya doimiy vakili.  "Biz Bab al-Xava nazorat-o‘tkazish punktida (chegarada) mavjud bo‘lgan nazorat punktlarining sonini cheklab qo‘ygan holda,  mexanizmni yarim yilga uzaytirishni nazarda tutuvchi rezolyutsiyamizni taqdim etamiz”, deb qo‘shimcha qildi Rossiya doimiy vakili.

Sharhda, shuningdek, so‘nggi olti yil ichida Arab davlatlarida vaziyat sezilarli darajada o‘zgargani, xususan, "Suriya hukumatining nazorati ostidagi hudud sezilarli darajada qisqartirilgani" ta’kidlangan. "Biz Xavfsizlik Kengashidagi va BMTning boshqa a’zo davlatlarini Idlib aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadigan rezolyutsiya loyihamizni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, gumanitar hujjatlarni siyosiylashtirmaslikka chaqiramiz", deya qo‘shimcha qildi Nebenzya.

Ovoz berish

TASSning qayd etishicha, ayni vaqtda BMT o‘z faoliyatini masofaviy davom ettirayotgani sabab  Xavfsizlik Kengashi prezidentiga xat yozish orqali ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tgan. 

"Rossiya va Xitoy ushbu hujjatga qarshi ovoz berishdi. Kengashning 13 a’zosi yoqlab ovoz berishdi. Rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolariga qarshi “ovoz berish” tufayli qabul qilinmadi", deyiladi xabarda.  

Rezolyutsiya homiylari – Germaniya va Belgiya, Suriyaga yordam Damashqni "chetlab o‘tib" o‘tish punktlari sonini bosqichma-bosqich qisqartirishni ilgari surgan Rossiya pozitsiyasini tinglamadilar. Ular taklif etgan rezolyutsiya loyihasida transchegaraviy mexanizmni ilgari belgilangan olti oy o‘rniga bir yilga uzaytirish taklif qilingan. Shuningdek, ushbu hujjat BMT uchun ochilgan nazorat punktlari sonini ko‘paytirish imkoniyatini ham ko‘zda tutadi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, 7 iyul kuni Rossiya va Germaniya Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Xayko Maas telefon orqali Suriyaga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun transchegaraviy mexanizmning imkoniyatlarini muhokama qilishgan. Lavrov suhbatdoshning e’tiborini barcha insonparvarlik operatsiyalari Damashq bilan muvofiqlashtirilishi kerakligiga qaratgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Suriyada transchegaraviy gumanitar operatsiyalarni 2014 yil iyul oyida boshlashga qaror qilgan edi. Shu yilning yanvar oyida u tegishli rezolyutsiyani olti oyga uzaytirdi, ammo Turkiya bilan chegaradagi nazorat punktlari soni to‘rtdan ikkitaga qisqartirildi. Iyul oyida rezolyutsiya homiylari Germaniya va Belgiya, ikkita punktning ishini yana bir nazorat punktini ochish imkoniyati bilan bir yilga uzaytirishni taklif qilishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya Xitoy

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing