Rossiya va Xitoy kemalari qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Xitoyning Chjanszyan portida “Dengiz hamkorligi-2024” rus-xitoy o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya dengiz kuchlarining Tinch okeani floti matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya va Xitoy kemalarining qo‘shma otryadi Chjanszyandan jo‘nab ketdi. Uning tarkibiga Rossiyaning “Gromkiy” va “Rezkiy” korvetlari hamda Xitoyning “Dali” va “Xenshuy” fregatlari, “Yinchuan” esminetsi hamda “Veyshanxu” universal ta’minot transporti kirdi.
Mashqlar 17 iyulga qadar davom etadi.

Shuningdek, kemalar ekipajlari Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi dengiz flotining suv osti kemalariga qarshi aviatsiyasi ishtirokida dengizda havo mudofaasi va suv osti kemalariga qarshi birgalikdagi mashqlarni o‘tkazadi. Bundan tashqari, rossiyalik va xitoylik dengizchilar dengizda qutqaruv mashg‘ulotlarida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 12 iyul kuni Rossiya bilan janubiy qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing