Rossiya va Qozog‘iston yagona havo mudofaa tizimini takomillashtirmoqda – Shoygu
Olam
−
24 iyun 2022
7638Rossiya va Qozog‘iston yagona mintaqaviy havo mudofaa tizimini takomillashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Shoyguga ko‘ra, Rossiya Qozog‘iston bilan yangi qurollarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yuqori baholaydi. Xususan, Moskva va Nur-Sulton 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
“Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, albatta, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonning yagona mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish, harbiy-texnik hamkorlik, kadrlar tayyorlash, tezkor va jangovar tayyorgarlik tadbirlaridir”, deydi Rossiya Mudofaa vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Qozog‘istonga o‘zining asosiy strategik ittifoqchisi va eng muhim hamkori sifatida qaraydi.
LiveBarchasi