Rossiya va Qirg‘iziston umumiy havo hujumidan mudofaa tizimiga ega bo‘ladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 29 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan yagona mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat rasmiy portalda e’lon qilindi.

Unda keltirilishicha, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi mazkur bitim 2022 yil 16 avgust kuni Moskvada “mintaqadagi havo mudofaasini yaxshilash maqsadida” imzolangan.

Rossiya Davlat Dumasi qonunni joriy yilning 23 mayida qabul qilgan, Federatsiya Kengashi esa 24 mayda buni ma’qullagan. Aytilishicha, shartnoma muddati davomida Qirg‘iziston Rossiyaga 5 gektar yer uchastkasini beradi. 

Ma’lumot uchun, MDHning havo hujumidan yagona mudofaa tizimi 1995 yilda tashkil etilgan. 2022 yilda unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston faol ishtirok etgan. MDH havo hujumidan mudofaa to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati cheklanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston Putin havo mudofaasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing