Rossiya va Qatar sport sohasida memorandum imzolaydi – Putin

Sport

image

Rossiya Federatsiyasi va Qatar o‘rtasida sport sohasida memorandum tayyorlanmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qatar Amiri bilan uchrashuvidagi nutqida ma’lum qildi.  

Rossiya davlati rahbari Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratdi.

“Biz Qatarning jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga qanday jiddiy yondashganini eslaymiz. Hozir biz sport vazirliklari o‘rtasida ushbu sohadagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishib oldik”, deydi Rossiya rahbari.

Qayd etish joiz, 2018 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Rossiyada bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng Rossiya Federatsiyasi 2022 yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qildi va bu borada Qatar bilan o‘z tajribasini faol o‘rtoqlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing