Rossiya va Eron terma jamoalari kelishuvga erishdi
Sport
−
29 yanvar
2783Rossiya va Eron terma jamoalari joriy yil oktyabr oyida Moskvada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Sport24” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Hozirda sana va joy kelishib olinmoqda. Katta ehtimol bilan o‘yin 9 oktyabr kuni “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Rossiya va Eron terma jamoalari oxirgi marta 2023 yil 23 mart kuni Tehronda to‘qnash kelgan va o‘shanda tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan.
Qayd etish joiz, FIFA va UEFA tomonidan qo‘yilgan taqiqlarga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi xalqaro turnirlarda ishtirok eta olmaydi. Hozirda mamlakat terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinlari bilan cheklanmoqda.
LiveBarchasi