Rossiya va AQSH o‘rtasidagi shartnoma haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Olam

image

AQSH va Rossiya o‘rtasida tuzilgan Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga oid bitim ichki protseduralar bajarilishi to‘g‘risida notalar almashinilgandan so‘ng kuchga kiradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qilgan. 

"Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi bitim ushbu shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki protseduralar bajarilganini tasdiqlovchi almashinuv notalarining oxirgi kunidan boshlab kuchga kiradi", degan u. 

Qayd etilishicha, shartnoma 2026 yilning 5 fevraligacha amal qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va AQSH o‘rtasida tuzilgan Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma 2011 yilning 5 fevralidan kuchga kirgan. Bu ikkala tomonning strategik hujum qurollarini qisqartirishni o‘z ichiga oladi. Shartnoma o‘n yil muddatga tuzilgan, joriy 2020 yilda uning muddati tugaydi. 

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden ilk marta telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergandik. 

Ikki mamlakat yetakchilari muloqot davomida Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan mamnun ekanliklarini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing