Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar qiyinlashadi – Sallivan

Olam

image

Amerikaning yangi Prezidenti Jo Bayden davrida Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar qiyinlashadi. Bu haqda AQSH rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan aytgan

Sallivan Baydenning Rossiya bilan
aloqalarga munosabatini "illyuzion, puxta o‘ylangan va amaliy" deb atagan. 

"Ular (Rossiya Federatsiyasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar) juda qiyin va murakkab bo‘ladi, chunki Rossiya ko‘p yo‘nalishlarda xavf tug‘diradi", degan maslahatchi. 

Unga ko‘ra, Vashington Moskvaga qarshi bir nechta ayblovlarni ilgari surmoqda: xakerlik hujumlari, Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat, saylovlarga aralashish va Afg‘onistondagi amerikalik askarlarga berilgan mukofotlar.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden ilk marta telefon orqali muloqot qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Putin Bayden

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing