Rossiya O‘zbekistonning yana bir viloyatidan pomidor olib kirishni taqiqladi
Olam
−
21 iyul 2021 15013 1 daqiqa
Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati mamlakatga O‘zbekistonning Toshkent viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda xizmat veb-saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, vaqtinchalik cheklov choralari o‘rnatilishiga ushbu viloyatdan olib borilgan mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlangani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, cheklovlar 21.07.2014 da qabul qilingan “O‘simliklar karantini” to‘g‘risidagi VII Xalqaro o‘simliklar karatini va muhofaza qilish Konvensiyasi hamda 206-FZ Federal Qonuni asosida joriy etiladi.
Avvalroq, federal xizmat O‘zbekistonning Buxoro viloyatidan pomidor va qalampir importini taqiqlagan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust