Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun 800 ta byudjet kvotasi ajratmoqchi

Olam

image

Kelgusi yilda Rossiya hukumati o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 800 ta byudjet o‘rni ajratadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi. 

“2024 yilda Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga 800 ta byudjet kvotasini ajratadi. O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’limini olishga qiziqish yuqoriligicha qolayotganini ta’kidlaymiz. O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun kelgan talabalar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, deydi elchi 2023 yil yakuniy matbuot anjumanida. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda, Rossiya dasturlari bo‘yicha 53 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda,ulardan 4 ming nafari tibbiyot yo‘nalishi talabalari. O‘zbekistondan 57 nafar mutaxassis tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-O‘zbekiston ta’lim sohasidagi aloqalari ikki tomonlama hamkorlikning eng istiqbolli vektorlaridan biridir. Respublikada Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani buning dalilidir. Bu yil Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining filiali, Moskva muhandislik-fizika instituti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti o‘zining birinchi bitiruvchilarini chiqarishdi. 

O‘zbekistonning Rossiya ta’limiga bo‘lgan qiziqishini joriy yilning sentyabr oyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali maydonida bo‘lib o‘tgan “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2023” xalqaro o‘quv ko‘rgazma-yarmarkasi ham tasdiqlaydi. Unda Rossiya Federatsiyasining 24 ta shahridan 53 ta ta’lim muassasasi ishtirok etdi

Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirda 3 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Natijada Rossiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar almashinuvi, amaliyot o‘tash va pedagogik tajriba almashish bo‘yicha qator shartnomalar tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing