Rossiya O‘zbekistonga yangi elchi yuboradi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirliging xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash departamenti rahbari Oleg Malginov RFning O‘zbekistondagi edchisi etib tayinlanadi. Bu haqda mahalliy OAV Rossiya Davlat Dumasidagi manbaga asoslanib xabar berdi.

“Malginov O‘zbekistonga elchi etib tayinlanadi. Mamlakat biz uchun strategik darajada muhim”, degan manba.

Ayni vaqtda Rossiya O‘zbekistondagi elchixonasiga Vladimir Tyurdenev rahbarlik qilyapti.

Malginov 1979 yildan beri tashqi siyosat yo‘nalishida mehnat qiladi. 1979-1983 yillarda u SSSRning Hindistondagi elchsi bo‘lgan. 1993 yilgacha SSSR TIVning (keyinroq Rossiya) inson huquqlari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

1994-1999 yillarda Rossiyaning BMT va Jenevadagi (Shveysariya) boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasining katta maslahatchisi, keyinchalik Rossiya TIVning Xalqaro gumanitar hamkorlik va inson huquqlari departamenti direktorining o‘rinbosari va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar va inson huquqlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

2003 yildan 2006 yilgacha u Rossiyaning Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi, 2011 yildan 2016 yilgacha Rossiyaning Ruminiyadagi elchisi bo‘lgan.

U “Do‘stlik” ordeni, II darajali “Vatan uchun xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Oleg Mal'ginov

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing